“2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida ayollar va yoshlarning o‘rni” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi
Mamlakatimizda xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy xuquq va manfaatlarni himoya qilish, ularning jamiyatda tutgan o‘rni va mavqeyini yanada oshirish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni rivojlantirish, bu borada qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining rasmiylashtirilishini, shuningdek O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Xotin-qizlar kengashining yangi tarkibini yangi tahrirdagi “Respublika kengashining Xotin-qizlar kengashi Nizomi” asosida faoliyati olib borilishini hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosinini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan «2024 yil- Yoshlar va bisnesni qo‘llab- quvvatlash yilida ayollar va yoshlarning o‘rni” mavsuzida o‘quv-seminari va trening o‘tkazildi.
Seminar treningda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining ma’daniy va ma’rifiy ishlar va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi – S.Qurbonov, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi – Y.Adilova va O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi – F.Boboqulovalar seminar ishtirokchilariga «2024 yil- Yoshlar va bisnesni qo‘llab- quvvatlash yilida ayollar va yoshlarning o‘rni” mavsuzida ma’lumotlar berishdi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: