“Jizzax HETK” AJda viloyat sport musobaqasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi

“Jizzax HETK” AJda ishchi-xodimlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, sport-sog’lomlashtirish tadbirlariga keng jalb etish orqali mehnatkashlar salomatligini tiklashga ko’maklashish maqsadida sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennis va yugurish turlari bo’yicha o’tkaziladigan viloyat sport musobaqasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Sport musobaqasini kasaba uyushma qo’mitasi rais Ilhom O’rinov, Energosotish va moliya masalalari bo’yicha direktor Muhiddin Xolmurodov hamda Jizzax politexnika institutining Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri Xurshid Abduvaliyevlar ochib berishdi.  

Shundan keyin viloyat sport musobaqalariga start berildi.

 

Manba: “Jizzax HETK” AJ KUQ matbuot xizmati

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email