Mehnat muhofazasi – baxtsiz xodisalarni oldini olishda asosiy omil
“Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi” doirasida Urganch TETK o‘quv mashg‘ulotlar maydonida «Xorazm xududiy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari ta’mirlash brigadalari o‘rtasida Kasb mahorati bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Erta tongdan boshlangan musobaqada har bir jamoa birdamlikda o‘z mahoratlarini namoyon qilishga tezkorlik bilan kirishib ketishdi. Guruhlardagi har bir xodimning harakati mutaxassislar nazoratida bo‘lib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Musobaqa yakunida Xonqa, Yangibozor va Tuproqqal’a TETK jamoalari fahrli o‘rinlarni egallab, «Xorazm xududiy elektr tarmoqlari» AJning diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari kasb mahorati bo‘yicha musobaqada “Eng yaxshi usta”, “Eng yaxshi ish bajaruvchi”, “Eng yaxshi elektromontyor” nominasiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Tanlovda Xiva TETK ustasi Xayrulla Saparbaev, Xonqa TETK elektromontyori Shodiyor Nurmetov va Yangiariq TETK elektromonyori Furqat Qilichevlar nominasiya g‘oliblariga aylanishdi.
Musobaqada “O‘zenergoinspeksiya” Xorazm xududiy bo‘limi bosh mutaxassisi Inomjon Bobojanov ishtirok etib, musobaqa yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda “Xorazm xududiy elektr tarmoqlari” AJ texnik direktori Oybek Rajapov hamda “Xorazm xududiy elektr tarmoqlari” AJ mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i Farxod Matkarimovlar baxtsiz xodisalarni oldini olish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, ish joylarida mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
Manba: «Xorazm HETK» AJ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: