2026-yil 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-maydagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar” bo‘yicha 25-son topshiriqlar bayoni hamda «Hududgazta’minot» AJning 2026-yil 24-apreldagi 30/5-15-sonli Jamiyat va tizimda sportni rivojlantirishga doir buyruq qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududgaz Navoiy” va “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiallari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda xodimlar o‘rtasida jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan uchrashuv “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali jamoasi g’alabasi bilan yakunlanib, respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Print Friendly, PDF & Email