Bilim — insonning eng katta boyligi, tafakkur esa uni yuksaklikka yetaklovçi kuçdir!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qaşqadaryo hududiy filialida xodimlarning intellektual salohiyatini yuzaga çiqariş, bilimga bölgan qiziqişini oşiriş hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlaş maqsadida “Zakovat” intellektual bellaşuvi taşkil etildi.

Bu gal maydonda bilim va tafakkur kuçi sinovdan ötdi! 5 ta jamoa, önlab qizğin savollar, şiddatli bahslar va har bir töğri javob ortida yaşiringan izlaniş, mantiq hamda zukkolik…

Har bir savol iştirokçilardan teran fikrlaşni, tezkorlikni va jamoaviy birdamlikni talab qildi. Bellaşuv davomida bilimdonlar öz salohiyatini namoyon etib, haqiqiy intellektual kuraş muhitini yaratdilar.

Musobaqa yakunida ğolib va faol iştirokçilar munosib rağbatlantirildi.

Print Friendly, PDF & Email