“Yangi kasaba uyushmalarida-yoshlar siyosati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va Oʼzbekiston Energetika vaziriligi oʼrtasida tarmoq tizimida “2022 yilda yoshlarga oid siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturi» ishlab chiqilib, tasdiqlangan.

 Ushbu dastur va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2022 yil I yarim yilligiga moʼljallangan ish rejasida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash, tarmoq tizimida mehnat qilayotgan yoshlar oʼrtasida oʼzaro tajriba almashish, yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini keng targʼib qilish hamda yoshlarda ekologik maʼdaniyatni yanada yuksaltirish shuningdek yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga keng jalb qilish maqsadida “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimidagi birlashgan va boshlangʼich kasaba uyushmasi tashkilotlaridagi yoshlar bilan ishlash komissiyasi raislari va korxona, tashkilot yoshlar yetakchilari ishtirokida 2022 yil 29-iyundan 1-iyulga qadar, Toshkent viloyati, Аngren shaxridagi “Yangiobod” sayyohlik maskanida “Yangi kasaba uyushmalarida – Yoshlar siyosati” mavzusida seminar-trening oʼtkazildi.

Seminar-treningda Respublikamizning barcha hudularidan tashrif buyurgan energetika, neft-gaz va geologiya tarmogʼida mehnat qilayotgan 35 nafar  faol yoshlar ishtirok etdi.

Ishlab chiqilgan dasturga asosan tashrif buyurgan yoshlar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Keling,tanishaylik” tanishuv-treningi oʼtkazildi va bu yoshlarda oʼzaro mustaxkam doʼstlik aloqalarini tiklashga katta turtki boʼldi.

Shu bilan birgalikda yoshlarda ekologoik maʼdaniyatni yanada rivojlantirish, tabiat bilan yaqindan tanishish maqsadida Togʼlar va Kattasoy daryosi boʼylab Ekosayr tashkil qilindi. Sayr davomida yoshlar biosferik qoʼriqxona toʼgʼrisida oʼzlari uchun kerakli hamda foydali maʼlumotlarga ega boʼldilar. Chotqol togʼ maskanida yoshlar tomonidan kichik piknik uyushtirildi va fursatdan foydalangan holda yosh mehnatkashlar ikki jamoaga boʼlingan holda qiziqarli mashqlar oʼtkazdilar.

Tadbirimizning asosiy kunida Oʼzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya hodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Yoshlar masalalari boʼyicha bosh mutaxassis Boboqulova Fotima tomonidan “Yangi kasaba uyushmalarida-yoshlar siyosati” toʼgʼrisida davra suhbatlari oʼtkazildi, shu bilan birgalikda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar oʼrganilib, fikr-mulohazalar yuritildi. Soʼngra, Oʼzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʼrganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash institutining yoshlarga oid davlat siyosati boʼyicha trener-oʼqituvchi Mingbaeva Nozima tomonidan Brein-shtorming oʼyinlar hamda prezident akademiyasi haqida bir qator maʼlumotlar berib oʼtildi.

 

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xodimi

Print Friendly, PDF & Email