“O’zbekneftgaz” AJ da ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolarining sog’liqlarini tiklashlari uchun juda ko’p imkoniyatlar yaratilgan
2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi doirasida tizimdagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolarini salomatliklarni tiklash, eng zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalar yordamida ularni sog‘lomlashtirish, Jamiyat tasarrufidagi klinik shifoxonalarda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida “O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi hamda Birlashgan va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar natijasida yildan yilga mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish sifati oshib bormoqda.
“O‘zbekneftgaz”AJ Boshqaruvi va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining tegishli qo‘shma qarorlariga muvofiq Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida joylashgan ko‘p tarmoqli (terapiya, kardiologiya, nevrologiya, ginekologiya, jarrohlik bo‘limlari mavjud bo‘lgan) zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalar bilan jihozlangan “UNG Medline” MChJ klinik shifoxonasida joriy yilning boshidan zavod, boshqarmalar hamda korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning 499 nafari davolandi.
Shu bilan bir qatorda, ishchi-xodimlarining 3411 nafari klinik shifoxona tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallik aniqlangan xodimlar davolanib kelinmoqda.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati, Piskent tumanida joylashgan Jamiyatga qarashli zamonaviy tashxislash va davolash uchun fizioterapevtik uskunalar bilan jihozlangan “UNG TOSHKENT DENGIZI OROMGOHI” MChJda joriy yilning boshidan Jamiyat tizimidagi zavod, boshqarmalar hamda korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 674 nafar ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari imtiyozli ravishda sog‘lomlashtirildi.
“O‘zbekneftgaz» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida Respublikamiz hududlarida joylashgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli “Zomin”, “Oqtosh”, “Chinobod”, “Turon”, “Chortoq”, “Chimyon”, “Bo‘ston”, “Umid Gulshani” kabi sanatoriylarda 583 nafar ishchi-xodimlarga imtiyozli yo‘llanmalar ajratildi.
Manba: «O’zbekneftgaz» AJ KUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: