“Yoshlar kuni” doirasida “Amir Temur” tarixiy kinopremyeraga sayohat tashkil etildi.
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi alohida ta’kidlandi.
✅Mazkur tashabbus ijrosini ta’minlash hamda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash maqsadida, joriy yilning 1-aprelidan 30-apreliga qadar “Amir Temur oyligi” e’lon qilindi.
✅Shu munosabat bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan zavod yoshlari uchun “Amir Temur” tarixiy kinopremyerasiga sayohat tashkil etildi.
🎬 Mazkur tadbir yoshlarning tarixiy bilimlarini boyitish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: