“Kasaba uyushmasi yoshlar nigohida!”

Mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini hamda mehnat huquqlarini himoyalash, ma’naviy dunyoqarashini o‘stirish borasida a’zo tashkilotlar, barcha pog‘onalardagi yoshlar bilan ishlash tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, yoshlarning o‘qish, mehnat qilish, munosib ish haqi olish, uy-joy bilan ta’minlanish, dam olish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasidagi qonuniy huquqlarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlarda kasaba uyushmalarining o‘rni ahamiyatlidir.

Joriy yilning 02 mart kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining yillik ish rejasiga asosan Geologiya tizimida faoliyat yuritayotgan hamda o‘qib tahsil olayotgan yoshlar orasida “Kasaba uyushmasi yoshlar nigohida!” mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatidan maqsad O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya Vazirligi tizimida mehnat qilayotgan yoshlarni ijtimoiy shakllanishi, kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi hamda yosh xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalanishi yosh xodimlarni kasaba uyushma faoliyati bilan keng tanishtirishdan iborat edi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga kasaba uyushmasi faoliyati, uning o‘rni, kasaba uyushmasida yoshlarga berilgan imtiyoz va imkoniyatlar to‘g‘rsida alohida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari yoshlar uchun  o‘zlariga bo‘lgan ishonch hamda motivasiyani oshirish maqsadida  kichik psixologik trening o‘tkazildi. Suxbat jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirdan barcha savollarga javob oldilar. 10 nafar faol ishtirokchilarga Respublika kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email