“Toshkent IEM” AJ da faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi
“Toshkent IEM” AJ ayollar kengashi raisi tashabbusi bilan joriy yilning aprel oyi oxirida jamiyatda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi.
3000 yillikka yaqin tarixni o’zida mujassam etgan afsonaviy Samarqand shahri o’zining qadimiy arxitektura yodgorliklari, ziyoratgohlari hamda o’zininng mehmondo’stligi bilan sayohatchilar xotirasida o’chmas iz qoldirdi.
Shu kabi tadbirlar ichki korxona va tashkilotlarning jamoa shartnomasiga kiritilib, ish rejasiga qo’shilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad ishchi-xodimlarning manaviy xordiqlarini maqsadli tashkil etish va shu asnoda ichki turizm rivojiga ham o’z salmoqli hissasini qo’shishdan iborat.
Manba: «Toshkent IEM» AJ KUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: