Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hududidagi yashil maydonlar kengaytirilmoqda
Ma’lumki, 2023 yil 31 may kuni Prezident tomonidan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolangan edi.
Ushbu farmonga asosan, joriy yilning sentyabridan “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi sanoat korxonalari o‘zi va tutash hududlarida “yashil belbog‘”lar barpo etish ishlarini boshlab yubordi.
Xususan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hududidagi yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida ko‘chatlar ekildi.
Ushbu aksiyada zavod jamoasi, «Yoshlar ittifoqi» ijtimoiy harakati faollari hamda ko‘ngillilar ishtirok etdi.
Jamiyat tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, noyob ekotizimlarni saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.
Manba: «Buxoro NQIZ» KUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: