Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish – ustuvor vazifa
📚O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida PQ-9-son qarori ijrosi doirasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha…
28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan «Urganchtransgaz» UKda davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Xorazm viloyati mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektorlari, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining hududiy boshqarmasi mutaxassislari, korxonada uzoq yillar mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi yo‘nalishida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, shuningdek korxonaning mehnatni muhofaza qilish bo‘limi hamda kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari ishtirok etdilar.
Davra suhbati “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusi asosida o‘tkazilib, unda mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlar salomatligini asrash va xavfsiz ish muhitini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, savol-javoblar orqali dolzarb masalalarga yechimlar izladilar. Uchrashuv ko‘tarinki ruhda va samarali tarzda o‘tdi.





Spelling error report
The following text will be sent to our editors: