Navoiy issiqlik elektr stansiyasida jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi bo’yicha mehnat jamoasi konferensiyasi bo’lib o’tdi
Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ish beruvchi va kasaba uyushma qo’mitasi o’rtasida tuzilgan 2020-2022-yillar uchun mo’ljallangan jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi bo’yicha mehnat jamoasi konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Konferensiyada O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xotin qizlar masalasi bo’yicha rais maslahatchisi Y.Adilova hamda 30 nafar delegatlar qatnashdi. Konferensiya davomida Navoiy issiqlik elektr stansiyasining iqtisodiy masalalar bo’yicha direktori va kasaba uyushma qo’mitasi raisining hisobotlari tinglandi hamda 2023-yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: