Yangi Konstitutsiya – yangicha hayot kafolati
O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining ma’sul xodimlari Sh.Alimuxammedov va Z.Avezovlar 30 aprelda bo’ladigan referendumni muvaffaqqiyatli o’tkazish bo’yicha olib borilayotgan tashviqot – targ’ibot ishlarida faol qatnashmoqdalar. O’zlariga biriktirilgan joylarda uchrashuvlar tashkillashtirib, ishtirokchilarni bosh qomusimizga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan batafsil tanishtirmoqdalar.
Unday tadbirlar Bektimir tumanidagi “Iqbol”, “ltintopgan”, “Musaffo” va boshqa bir qancha mahalla fuqorolar yig’inlarida ham o’tkazildi. So’zga chiqqanlar konstitutsiyamizga kiritilgan yangi moddalar va normalar haqida alohida to’xtalib o’tdilar. Shuningdek, kasaba uyushmalari zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalar asosida mahalliy aholining kam ta’minlangan, ijtimoiy ko’makka muxtoj qatlamlarini aniqlash va uyushma tomonidan tegishli yorda ko’rsatish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqiliganini,ular markazlashtirilgan holda amalga oshirilishini va izchil davom ettirilishini ta’kidladilar.
O’z navbatida, ishtirokchilar yangi qomusimiz tom ma’noda xalq konstitutsiyaga aylanayotganini, u yurtdoshlarimizni kelajakka umid bilan qarashga undashi, fuqorolarning barcha huquqlari ta’minlanib, erkin yashash uchun zamin yaratishi bilan ajralib turishini e’tirof etishdi. Shunga ko’ra, referendumda ixtiyoriy ravishda qatnashib, yangi konstitutsiyamiz uchun ovoz berishlarini bildirishdi.
Manba: Ishonch gazetasi
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: