O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi “Neftgazqurilish kasaba uyushmasi” Xalqaro konfederatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi.
30.03.2022y.“Neftgazqurilish kasaba uyushmasi” Xalqaro konfederatsiyasi kasaba uyushmalar o’rtasida o’zaro tajriba almashish va yaqin hamkorlik qilish uchun platforma hisoblanadi. Konfederatsiya doirasida yoshlar, mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy masalalar bo’yicha turli tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Neftgazqurilish kasaba uyushmasi” Xalqaro Konfederatsiyasining a’zo tashkilotlari 10 ta milliy tarmoq kasaba uyushmasi, 9 ta davlat – Ozarbayjon, Armaniston, Belarussiya, Gruziya, Qozog’iston, Moldova, Rossiya, O’zbekiston va Ukraining bir yarim milliondan ortiq xodimlarining manfaatlarini ifodalaydi.
2022 yil 30-mart kuni «Neftgazqurilish kasaba uyushmalari» Xalqaro konfederatsiyasining V Qurultoyi videokonferensiya shaklida bo’lib o’tdi.
Konfederatsiya Qurultoyida Xalqaro Kasaba uyushmalari uyushmasining boshqaruv va taftish organlari saylandi.
Xususan, Rossiya neftgazqurilish kasaba uyushmasi rais Aleksandr Korchagin bir ovozdan Konfederatsiya prezidenti etib, Ozarbayjon neft va gaz sanoati xodimlari kasaba uyushmasi raisi Aliyev Jahongir Kerim o’g’li, Belorus kimyo, tog’-kon van eft sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika qo’mitasi raisi Klochok Svetlana Valentinovna hamda O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Kurbanov Shuhrat To’rayevich vitse-prezident etib saylanishdi.
Konfederatsiya Kengashi tarkibiga barcha a’zo tashkilotlar xodimlari qatorida, Oʻzbekiston energetika, neft va gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi vakili Sobirjon Egamberdiyev ham kiritildi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: