Buxoro NQIZ ishchi-xodimlari Buxoro musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi

5 oktyabr kuni Buxoro NQIZ va zavod kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan korxona ishchi-xodimlari madaniy hordiq olishlari uchun Buxoro musiqali drama teatrida namoyish etilgan «Chiroylisan, muhabbat» nomli spektakl tomoshasiga tashrif buyurishdi.

Spektakl musiqali komediya janrida bo‘lib, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev rahbarligidagi O‘zbek Milliy Akademik drama teatri tomonidan Erkin Xushvaqtov asari asosida sahnalashtirilgan. Unda xalqimizning taniqli san’at vakillari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva, aktrisa Feruza Boboyorova, Shahnoza Hojimurodova va yosh aktyorlar Ulug‘bek Xoliqjonov, Avazxo‘ja Qodirov, Furqat G‘ofurovlar rol ijro etishdi.

Aktyor va aktrisalarning ijro mahorati, sahnada yaratilgan muhit tomoshabinlarda juda katta taasurot qoldirdi. Barcha tashrif buyurganlar ushbu tomoshadan mamnun bo‘lib, ajoyib madaniy hordiq olishdi.

Manba: “Buxoro NQIZ” KUQ

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email