Tarmoq kasaba uyushma tashkilotlariga tizimli ravishda amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda
Joriy yil boshidan Respublika kengashi xodimlarining tarmoq kasaba uyushma tashkilotlariga amaliy yordam ko’rsatish yuzasidan tashriflar rejasi ishlab chiqildi. Hozirga qadar rejaga ko’ra tarmoq tizimidagi 60% tashkilotlarga amaliy yordam ko’rsatildi. Bu jarayon yil muntazam amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o’rinbosari S.Tuxtayev Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, “O’zbekneftgazquduqta’mir” AJ, “O’zparavtotrans” AJ, “Olot neft gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MCHJ va “buxoro neft bazasi” MCHJ boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi hamda ularga amaliy yordam ko’rsatdi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: