14-fevral — buyuk bobokalonimiz, sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun sifatida yurtimizda keng nishonlanadi.

Sana munosabati bilan Sirdaryo IES korxonasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida viloyat drama teatri ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Sahna asarlarida Bobur siymosi jonli va ta’sirchan tarzda gavdalantirildi. Uning shoh va shoir sifatidagi murakkab, ammo sharafli hayot yo‘li, vatan sog‘inchi, ilm-fanga bo‘lgan muhabbati va xalqparvarligi chuqur ifoda etildi. Tomoshabinlar – energetik ishchi-xodimlar ajdodlarimizning bosib o‘tgan yillari, ularning jasorati va boy ma’naviy merosi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bunday ma’rifiy tadbirlar buyuk ajdodlarimiz merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bobur qoldirgan boy adabiy va tarixiy meros bugungi kunda ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan.

Zero, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi – mardlik, zakovat va ijodkorlik timsoli sifatida avlodlar qalbida abadiy yashaydi. Uning hayoti va ijodi har birimiz uchun ibrat maktabidir.

Print Friendly, PDF & Email