📖“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialida buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi arafasida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir xodimlar qalbida milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlash, buyuk ajdodlar merosini chuqur anglash maqsadida tashkil etildi.
🔹Ma’naviyat soatida filial xodimlari milliy liboslarda ishtirok etib, tadbirga alohida milliy ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashdi. Boburning hayoti, davlatchilik faoliyati, adabiy merosi hamda uning millatimiz tarixidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirildi.
🔹Bunday ma’rifiy tadbirlar xodimlar ongida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni qadrlash va uni kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Print Friendly, PDF & Email