“Jomboytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
✅“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali tomonidan “Jomboytumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
✅Mazkur seminar ishchi-xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, mehnat munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda sohada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida o‘tkazildi. Unda filial kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tomonidan jamoa shartnomasining mazmun-mohiyati, xodimlarning ijtimoiy himoyasi, shuningdek, gaz taʼminoti tizimida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
✅ Shuningdek, seminar davomida filialning mehnatni muhofaza qilish, ekologiya va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Jasur Jumanov so‘zga chiqib, aholining is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish hamda ishchi-xodimlar tomonidan texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu yo‘nalishlarda doimiy ogohlik va masʼuliyat muhimligi taʼkidlandi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: