🚌«HET» AJ hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ishchi-xodimlarning dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy hordiq chiqarishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda
⚜️Shu munosabat bilan Sh. Rashidov tuman elektr ta’minotining 25 nafar xodimi uchun qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
⚜️Sayohat davomida energetiklar dunyoga mashhur Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi hamda boshqa tarixiy obidalarni ziyorat qildilar.
Boy tarix va madaniy meros bilan yaqindan tanishish ularda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
⚜️Bunday tadbirlar xodimlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash va ularni yangi ish haftasiga yuqori kayfiyatda tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email