Ramazon hayiti – mehr-muruvvat, saxovat va insoniylik timsoli bo‘lib, ushbu muborak ayyomda yaqinlar holidan xabar olish, ularga shodlik va quvonch ulashish ezgulikning yuksak ifodasidir.

Bayram munosabati bilan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan majmuaning bir guruh faol xodimlari tomonidan korxonada uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda salomatligi sababli nafaqaga chiqqan hamkasblar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida ular bilan samimiy suhbatlar tashkil etilib, bayramona kayfiyat ulashildi. Shuningdek, ularning mehnat faoliyati davomida bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealar, boy tajribalari va xotiralari tinglandi.

Nafaqadagi hamkasblarimiz esa o‘z navbatida majmua jamoasini bayram bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklar bildirib, duolar qildilar.

Korxona ma’muriyati ushbu savobli tashabbusni amalga oshirishda faol ishtirok etgan, unga sidqidildan hissa qo‘shgan barcha xodimlarga minnatdorlik izhor etadi.

Print Friendly, PDF & Email