“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialida ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2025-yil yakunlari sarhisob qilindi hamda kelgusi uch yillik uchun yangi strategik hujjat tasdiqlandi.

Tadbirda faxriy mehmonlar ishtirok etishdi:
Ismoilov Oybek Isanovich — O‘zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari;

Cho‘tonov Sharofiddin — O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Jizzax viloyat kengashi bo‘lim boshlig‘i.

Sifatli yakun: 2025-yil yakuniga ko‘ra, eski shartnomadagi barcha ijtimoiy majburiyatlar to‘liq bajarilgani qayd etildi.

Yangi bosqich: 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan yangi Jamoa shartnomasi bir ovozdan ma’qullanib, tasdiqlandi.

Imtiyozlar ko‘lami: Yangi shartnomada xodimlarning mehnat muhofazasi, moddiy rag‘batlantirish, sog‘ligini tiklash va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarga alohida urg‘u berildi.

Mehmonlar o‘z so‘zlarida energetika tizimi xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib baholash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda ushbu shartnoma asosiy poydevor ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Print Friendly, PDF & Email