“Urganchtransgaz” UKda jamoa shartnomasining 2025 yil davomida bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi moliya bo‘limi mudiri Ibragimova Zarafat Isroilovna ham ishtirok etdi.

Jamoa shartnomasi ijrosi yuzasidan “Urganchtransgaz” UK direktorining birinchi o‘rinbosari S. Xudaybergenov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M. Matkarimovning ma’ruzalari tinglandi.

Delegatlar tomonidan ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoyasi ta’minlanganligi, xodimlar, ularning oila a’zolari va pensionerlarni sog‘lomlashtirish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilganligi, natijada har bir xodimga sarflangan mablag‘ miqdori o‘tgan yilga nisbatan 5,5 foizga oshgani ta’kidlandi.

Kun tartibi yuzasidan konferensiya ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasining jamoa shartnomasi ijrosi bo‘yicha faoliyatini qoniqarli deb topish va Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Print Friendly, PDF & Email