“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan Yagona jamoa shartnomasining Farg‘ona IEM filiali kesimida 2025 yilda bajarilishi muhokamasi yuzasidan mehnat jamoasining hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha maslahatchisi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, Farg‘ona IEM filiali rahbariyati, shuningdek, korxona tarkibidagi bo‘linma va sex rahbarlari ishtirok etdi.

Konferensiyada Yagona jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan yakuniy hisobotlar tinglandi, bajarilgan ishlar bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma tasdiqlandi, delegatlar saylandi hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda 67 nafar delegat ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi. Delegatlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Hisobotlar tinglanib, ular delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Konferensiyada bildirilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida kasaba uyushmasi qo‘mitasiga tegishli topshiriqlar berildi.

Print Friendly, PDF & Email