Navro‘z tuhfasi: Samarqand bo‘ylab ma’naviy sayohat
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” g‘oyasi ostida “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali ishchi-xodimlari uchun qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga ziyorat uyushtirildi.
Filial Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda 50 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etishdi. Sayohat dasturi davomida ishchi-xizmatchilar quyidagi maskanlarni ziyorat qildilar:Registon maydoni va Ulug‘bek madrasasi,“Go‘ri Amir” maqbarasi, “Shohi Zinda” ansambli,Ulug‘bek rasadxonasi hamda zamonaviy “Samarqand siti” majmuasi.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirib, qabrlarini ziyorat qildilar.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: