«O‘ZLITINEFTGAZ» AJda Navro‘z bayrami nishonlandi
«O‘ZLITINEFTGAZ» aksiyadorlik jamiyatida bahor va yangilanish bayrami — Navro‘z munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Ertalabdan jamiyat binosida bayramona muhit yaratilib, xodimlar tabriklar, milliy kuy-qo‘shiqlar va turli shirinliklar bilan kutib olindi. Bayram munosabati bilan an’anaviy taom — sumalak tarqatildi.
Tadbir doirasida ijodiy jamoalar ishtirokida konsert dasturi tashkil etilib, u yig‘ilganlarga iliq kayfiyat va bayramona ruh ulashdi.
Navro‘z bayrami milliy an’analarni asrash, jamoada birdamlikni mustahkamlash va madaniy qadriyatlarga hurmatni yana bir bor namoyon etdi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: