“Muqaddasdir Vatan bayrog’i”

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali, Boshlang’ich Kasaba uyushmasi tomonidan soha xodimlari uchun faxrimiz sanalmish O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog’i” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat bo’limi rahbari, viloyat deputati Marhabo Pardayeva va O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo’limi rahbari, viloyat deputati Shodmon Sulaymonovlar ishtirok etib, davlat ramzining qabul qilinganlik tarixi, undagi har bir rang va aks ettirilgan oy, yulduzlar mohiyati haqida to’xtatilib o’tishdi.  

Manba: «Hududgaz Buxoro» AJ KUQ 

 

O’zbekiston energetka, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email