Bugun “Angren IES” AJda kasaba uyushmasining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda korxona faollari, rahbariyat vakillari hamda delegatlar jam bo‘lib, jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi va mehnat muhiti borasidagi o‘zgarishlar tilga olindi. Ayrim masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ham ilgari surildi.

Konferensiya jarayonida kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar ham belgilab olindi. Ishtirokchilar inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish, xodimlar farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilinib, ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Print Friendly, PDF & Email