📍“Qamchiq GES” filiali xodimlari “Yurtim tarixini o‘rganaman” shiori ostida 2026-yil 28–29-mart kunlari ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida bo‘lishdi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – buyuk Sohibqironning boy tarixiy merosini chuqurroq o‘rganish, uning davlat boshqaruvidagi tajribasi, strategik tafakkuri hamda bunyodkorlik faoliyatidan o‘rnak olishdan iborat bo‘ldi.

✅ Har bir tashrif buyurilgan maskan nafaqat tarixiy bilim, balki yuksak ma‘naviy ruh bag‘ishladi. Filial xodimlarining tarixiy liboslarda bo‘lishi ushbu tashrifga alohida ruh va o‘ziga xos muhit baxsh etdi. Bu jarayon go‘yo o‘tmish muhitini yana bir bor his etish imkonini berdi.

Print Friendly, PDF & Email