“120-yil – Kasaba uyushmalari ayollar va yoshlar manfaatlari yoʻlida!”

Joriy yilning 3-5- iyun kunlari Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari harakati tashkil etilganligining 120-yilligi munosabati bilan, tizimdagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning jamiyat hayotida ijtimoiy faolligini oshirish va Gender strategiyasini amalda tadbiq etish maqsadida Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida Ayollar va Yoshlar forumi tashkil etildi.

 

Forumda Energetika vazirligi va Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizim tashkilotlarida  mehnat qilayotgan tashubbuskor va kasaba uyushmalari faoliyatida faollik koʻrsatayotgan 100 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.

Dastlab Forum ishtirokchilari kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar, shuningdek, Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining Mehnat va Ijtimoiy munosabatlar akademiyasi va shaxmat maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Forumning 2- kunida ishtirokchilar uchun kasaba uyushmalari faoliyati, yoshlar va  gender masalalari boʻyicha oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini qoʻllab-quvvatlash, maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish, huquqiy bilimini oshirish va sportga keng jalb etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, koʻngilochar hamda sport tadbirlari ham oʻtkazildi.

Tashkil etilgan “Zakovat” intellektual oʻyini hamda shaxmat musobaqalari juda shiddatkor va qiziqarli tarzda oʻtdi.

“Zakovat” intellektual oʻyinida har biri 6 kishidan iborat 7 ta jamoa ishtirok etdi.

Ushbu bilimlar bellashuvida Energetika vazirligi va Oʻztransgaz AJ ning  “Yangi Toshkent” jamoasi 1-oʻrinni, Oʻzbekneftgaz Ajning “Qora Oltin” jamoasi 2-oʻrinni va “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Uzbekistan GTL” hamda Shoʻrtan gaz kimyo majmuasining “Pure energy” jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Shaxmat musobaqasida Geologiya fanlar universiteti xodimasi Shoira Sobirova 1-oʻrin, Jizzax HET xodimasi Gulshoda Abdunazarova 2-oʻrin va Milliy dispetcherlik markazi xodimasi Mohigul Mamadaliyeva 3-oʻrinni egalladilar.

Forum soʻngida gʻolib va sovrindorlar Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodmlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tashkil etilgan xotin-qizlar forumi bahs munozaralarga boy tarzda oʻtanligi bilan ahamiyatli boʻldi.

Davlatimizda gender tenglik, yaʼni erkaklar va xotin-qizlar tengligi insonning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, bu omil eng yuqori darajadagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotning ham negizidir. Chunki mutaxassislarning fikricha, faqat erkaklardan iborat jamoaga nisbatan 50/50 foiz erkak va ayollardan iborat mehnat jamoalari, ayniqsa agar ular aqliy mehnat bilan band boʻlsa, bir necha barobar yuqoriroq natija koʻrsatar ekan. Qolaversa gender tenglik – bu mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini koʻrsatuvchi indikator. Demak, rivojlangan mamlakatlar qatoriga qoʻshilish, sohamizga tobora koʻproq investitsiyalar jalb qilish uchun ham shu indikatorga yetarlicha ahamiyat berishimiz kerak.- deydi Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xotin-qizlar va gender masalalari boʻyicha rais maslahatchisi Y.Adilova.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email