15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Taxiatosh IES” AJ Xotin-qizlar kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, jamoada birdamlikni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat, ishonch va mas’uliyatni oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Besh kun davom etadigan seminar-treningda malakali psixolog-o‘qituvchilar hamda korxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Seminar davomida ishtirokchilarga oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, sog‘lom psixologik muhit yaratish, ish va oila muvozanatini saqlash, stress va hissiy bosimni boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. Shuningdek, jamoada o‘zaro hurmat, hamjihatlik va ishonchni kuchaytirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Malakali psixolog-o‘qituvchilar tomonidan interaktiv mashg‘ulotlar, guruhiy muhokamalar va amaliy mashqlar tashkil etilib, xotin-qizlarning shaxsiy rivojlanishi hamda kasbiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashib, oilaviy hamda mehnat faoliyatida uchrayotgan muammolarni hal etish yuzasidan samarali yechimlar bo‘yicha fikr almashdilar.

Print Friendly, PDF & Email