«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Navoiy hududiy filialida «Kasb mahorati» bо‘yicha musobaqa о‘tkazildi

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Navoiy hududiy filiali tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta’minoti ta’mirlash brigadalari о‘rtasida «Kasb mahorati» bо‘yicha musobaqa о‘tkazildi. Erta tongdan boshlangan musobaqada har bir jamoa birdamlikda о‘z mahoratlarini namoyon qilishdi.

Guruhlardagi har bir xodimning harakati mutaxassislar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, ish joylarida mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish va xavfsiz ish joylarini yaratish bо‘yicha baholandi.

Musobaqa yakunida xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya etgan holda, ishlarni to’g’ri bajargan Navbahor tuman elektr ta’minoti xodimlari 1-o’rinni egallashdi. 2 va 3 o’rinlarni Konimex tumani va Qiziltepa tuman elektr ta’minoti xodimlari o’zaro bo’lib olishdi. G’olib boʼlgan jamoalar diplom va Kasaba uyushma qo’mitasining esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Manba: Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Navoiy hududiy filiali KUQ

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email