«Yangi Angren IES»da ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi mas’ullari tomonidan “Yangi Angren IES” AJda ishchi-xodimlarga yaratilgan ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar o’rganildi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor energetiklarning mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi hamda maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanganlik darajasiga qaratildi.
Shuningdek, ishchi-xodimlar oshxonasi va yuvinish xonalari ko‘zdan kechirildi.
“Inson qadri – biz uchun ustuvor vazifa. Maqsadimiz – har bir ishchi-xodimning xavfsiz va munosib sharoitda mehnat qilishini ta’minlashdir”, – deydi qo‘mita raisi B.Najimov.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: