Xotin-qizlar forumi-2026: “Ayoli ulug‘lagan yurt”
🟢 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimida “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusida madaniyat va salomatlikka bag‘ishlangan “Xotin-qizlar forumi–2026” tadbiri o‘tkazildi.
🎛 Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda sportni rivojlantirishga oid farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Shu asosda 2026-yil 30-aprel kuni 107/14-sonli qo‘shma qaror imzolangan edi.
❇️ 2026-yil 15–16–17-may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “ORIENT VILLAGE” dam olish maskanida o‘tkazilgan forumda “O‘zbekiston MET” AJ filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.
💐 Tadbir doirasida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligi va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘quv-seminarlar, psixologik treninglar hamda sport musobaqalari tashkil etildi.
🌀 Forumda respublikaning 18 ta filialidan jami 90 nafar xotin-qiz va 10 nafar tashkilotchi ishtirok etdi. Tadbirga O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari ham jalb qilindi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: