Mamlakatimiz gidroenergetika sohasining 100 yilligi hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkil etilganining 9 yilligi munosabati bilan “Energetiklar sihatgohi”da bayram tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi hamda Jamiyat Birlashgan kasaba uyushmasi va ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim tashkilotchiligida o‘tkazildi.

Tadbir doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda futbol, stol tennisi, shaxmat va 16 kilogrammli tosh ko‘tarish bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. Bellashuvlar yuqori kayfiyat va sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi.

Bayram yakunida “Zakovat”, sport musobaqalari hamda osh pishirish bellashuvlarida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan jamoalar va xodimlar tantanali ravishda e’tirof etildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir xodimlar va ularning oila a’zolari uchun ko‘tarinki ruh, samimiy muloqot va unutilmas bayram taassurotlarini taqdim etib, jamoaviy birlikni yanada mustahkamladi.

Print Friendly, PDF & Email