Sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
✅"Hududgaz Samarqand" gaz taʼminoti filialida tizim xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha qiziqarli…
✅“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan 2026 yil 15 may kuni «Samarqandshahargaz» GTB jamoa shartnomasiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
✅Tadbir davomida “Hududgazta’minot” AJning 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy bo‘lim va bandlar, shuningdek ilovalarda ko‘zda tutilgan muhim yo‘nalishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
👨💼Shu bilan birga, xodimlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, mehnat muhofazasi talablariga rioya etish, mehnat shartnomasini buzish bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar, ichki mehnat tartib-qoidalari hamda korrupsiyaning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan mehnat munosabatlariga oid berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha va asosli javoblar berildi.




Spelling error report
The following text will be sent to our editors: