REKTOR KUBOGI – “TOP-10 KITOBLAR” TANLOVI
Kon-geologiya vazirligi tizimidagi Geologiya fanlari universitetida talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, ilmiy salohiyatini mustahkamlash hamda ilm-fan sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida “TOP-10 KITOBLAR” tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov yoshlarning kitobxonlik saviyasini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Taqdirlash marosimida universitet rektori A’zam Kadirxodjayev tomonidan tanlov g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi. Ularga faxriy yorliqlar hamda rektor stipendiyasi uchun vaucherlar topshirildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: