✔️ Sport — sog‘lom hayot va jamoaviylik timsoli
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan farmoni ijrosi doirasida “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali bo‘limlari o‘rtasida “Rahbar kubogi” mini futbol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa davomida filialning turli bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan iborat jamoalar maydonda o‘zaro kuch sinashib, sportdagi mahorat, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikning yorqin namunasini namoyon etdilar. Bahslar murosasiz va qiziqarli ruhda o‘tib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Havo tarmoqlari xizmatining “Falcon” jamoasi
🥈 2-o‘rin — Podstansiya xizmatining “Energiya tayanchi” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Go‘zal” podstansiyasining “Uchqun” jamoasi
G‘olib va faol ishtirokchilar filial rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlandilar.
Mazkur sport tadbiri xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: