“Toşkent IES” AJda işçi-xodimlar va ularning oila aʼzolarining madaniy hordiğini taşkil etiş, maʼnaviy saviyasini oşiriş hamda böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 noyabrdagi PQ-399-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 1 maydagi 79-sonli majlis bayoni ijrosi doirasida korxona işçi-xodimlari uçun Toşkent şahridagi teatrlarga taşriflar taşkil etilmoqda.

Jumladan, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlaşgan kasaba uyuşmasi qömitasining 2026 yilga möljallangan maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari rejasi asosida “Toşkent IES” AJ Kasaba uyuşma qömitasi tomonidan xodimlarga “Satira” teatri spektakli uçun çiptalar tarqatildi.

Komediya janrida sahnalaştirilgan spektaklda oilaviy munosabatlar va kundalik hayotda uçraydigan dolzarb masalalar hazil-mutoyiba orqali yoritildi.

Mazmunli va maroqli ötgan teatr taşrifi xodimlar hamda ularning oila aʼzolariga kötarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar bağişladi.

Zero, madaniy hordiq — jamoa ahilligi va maʼnaviy boylikni mustahkamlaşning muhim omilidir.

Print Friendly, PDF & Email