«Hududgaz Samarqand» gaz taʼminoti filialida tizim xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha qiziqarli musobaqa tashkil etildi.

✅Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

❔Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining aql-zakovati, mantiqiy fikrlashi va strategik mahoratini namoyon etib, murosasiz bahslarda bellashdilar. Har bir uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan bo‘lsa-da, g‘alaba uchun kurash yuqori kayfiyat va katta qiziqish bilan davom etdi.

🎓Shaxmat va shashka bahslarida faol qatnashgan xodimlar o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazib, intellektual sportga bo‘lgan qiziqishini yana bir bor namoyish etdilar.

👑Musobaqa yakunida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan g‘olib va sovrindorlar
filial rahbariyati hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi S. Azizov tomonidan munosib taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email