Sog‘lom ish muhiti va mehnat xavfsizligi – ustuvor vazifa!
Joriy yilning 30-aprel kuni Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan viloyat Kasbiy ko‘nikmalar markazida…
🏞 “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlarning mazmunli hordiq chiqarishini tashkil etish, jamoada ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida 2026-yil 20–21-iyun kunlari Jizzax viloyatining so‘lim maskanlari — Zomin va Aydarko‘l hududlariga sayohat uyushtirildi.









🌿 Sayohat davomida ishtirokchilar Zominning betakror tabiati, musaffo havosi va go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘lishdi. Shuningdek, Aydarko‘lning noyob tabiiy maskanlari bilan tanishib, maroqli dam oldilar.
🤝 Tadbir xodimlarning jismoniy va ma’naviy hordiq chiqarishiga, jamoa a’zolari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga hamda mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
😊 Sayohat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: