“O‘zenergosozlash” MChJda mehnat jamoa konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
“O‘zenergosozlash” MChJ hamda jamiyat Kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2026-yil 18-fevralda qabul qilingan qo‘shma qarorga muvofiq,…
Ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatli faoliyatni o‘z biznesi bilan qanday uyg‘unlashtirish mumkin? Ushbu savolga javobni Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xodimalari ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan maxsus motivatsion seminarda izladilar. “Zavodimizda asosiy ish faoliyati bilan bir qatorda tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanayotgan ayollar talaygina. Yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli bugun har bir ayol o‘z biznes g‘oyalarini dadil amalga oshirishi mumkin”, deb ta’kidladi Buxoro NQIZ direktori maslahatchisi Iroda Fatkulina tadbirni ochib berar ekan.








Uchrashuvning asosiy spikeri “Tadbirkor ayol” uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi raisi hamda O‘zLiDeP viloyat kengashi deputati Dilbar Axmedova bo‘ldi. Muloqotda shuningdek hokimlik vakillari, bank mutaxassislari, soliq sohasi ekspertlari va tadbirkorlikda muvaffaqiyat qozongan ishbilarmon ayollar ham ishtirok etishdi.
Seminarda faqat amaliy tajriba va real misollar haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘z startaplarini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kredit olish va amaldagi soliq yengilliklaridan foydalanish bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, oilaviy biznesni rivojlantirish va daromadlarni oshirishning samarali usullari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tdi. Unda zavod xodimalari mutaxassislardan amaliy tavsiyalar va bosqichma-bosqich yo‘riqnomalar olishdi. Mazkur seminar ayollarimizning salohiyatini yanada ro‘yobga chiqarish yo‘lida muhim turtki bo‘ldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: