“MA’NAVIYAT-MA’RIFAT KUNI”
📗Ma’naviyat va ma’rifat kuni doirasida xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida kitob o‘qishga…
“O‘zbekgeofizika” AJda 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2025 yildagi ijrosi yuzasidan hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jamiyat rahbariyati, taftish komissiyasi a’zolari, delegatlar hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston neft, gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi moliya bo‘limi mudiri Z.I. Ibragimova ham qatnashdi.







Konferensiya kun tartibiga muvofiq, A. Azimboyev tomonidan Ijro apparati tomonidan 2025 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Unda mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish, xodimlarni rag‘batlantirish, mehnatni muhofaza qilish, sihatgohlarda dam olishni tashkil etish hamda moddiy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar sarhisob qilindi.
Kasaba uyushmasi rahbari R. Axmatkulov Jamoa shartnomasi xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Yig‘ilish yakunida 2025 yilgi ijro qoniqarli deb topildi. Shuningdek, 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi Jamoa shartnomasi loyihasi yaqin kunlarda muhokamaga kiritilishi ma’lum qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: