O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yangi Angren IES” AJda ishchi-xodimlar ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat” soati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, siyosatshunos Qobilbek Karimbekov ishtirok etib, mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan tarixiy va taraqqiyot yo‘li haqida mazmunli ma’ruza qildi.

Ma’ruzada mustaqillikning xalqimiz hayotidagi o‘rni, mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda bugungi taraqqiyot bosqichining muhim jihatlari haqida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbir davomida ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga oid masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Bildirilgan savollarga ma’ruzachi tomonidan batafsil va mazmunli javoblar berildi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar xodimlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, Vatanga daxldorlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘usini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Print Friendly, PDF & Email