Bugundan boshlab zavodda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodining 29 yilligi munosabati bilan xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqalariga start berildi.

Musobaqalarning ilk turi voleybol bo‘yicha tashkil etilib, unda zavod sexlari xodimalaridan tuzilgan 7 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin 16+14-sex 10 ball
🥈 2-o‘rin 11-sex 8 ball
🥉 3-o‘rin 7-sex 6 ballni qo’lga kiritdilar, faol ishtirok etgan sexlarga 2 balldan beriladi.

Mazkur sport musobaqalari xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email