INTELLEKTUAL BELLASHUV: SHAXMAT VA SHASHKADA MAHORAT SINOVI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda…
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJning 25 yillik yubileyi munosabati bilan korxona ishchi-xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hordiqni uyg‘unlashtirgan uch kunlik sayohat tashkil etildi.
Sayohat dasturining ilk manzili Toshkent shahrida bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ldi. Mazkur maskanda ishtirokchilar yurtimizning boy ma’naviy merosi, islom ilm-fani va madaniyatining jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Zamonaviy ekspozitsiyalar, noyob qo‘lyozmalar va tarixiy eksponatlar xodimlarda katta taassurot qoldirdi.



Shuningdek, sayohat davomida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan noyob muzey ekspozitsiyasi bilan ham yaqindan tanishildi. Muzeydagi betakror eksponatlar va innovatsion ko‘rgazmalar ishtirokchilarning qiziqishini yanada oshirib, ularga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Uch kunlik sayohatning navbatdagi manzili Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan «ORIENT VILLAGE» dam olish maskani bo‘ldi. Go‘zal tabiat qo‘ynida tashkil etilgan mazkur hordiq dasturi ishchi-xodimlarga mehnat jarayonidagi ruhiy va jismoniy charchoqni bartaraf etish, jamoa a’zolari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda maroqli dam olish imkonini yaratdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar xodimlarning tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlash hamda jamoada o‘zaro hamjihatlik va korporativ birdamlik muhitini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJda ishchi-xodimlarning nafaqat samarali mehnat qilishi, balki mazmunli hordiq chiqarishi, ma’naviy kamoloti va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: