Bugun «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» ishchi-xodimlarining madaniy dam olishini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari ishtirokida “Buxoroga sayohat” nomli komediya spektakli namoyish etildi.
Tadbir davomida zavod ishchi-xodimlari bilan teatr aktyori, ustoz san’atkor, Yo‘ldosh Kenjayev ishtirokida ijodiy uchrashuv ham tashkil etildi.
Uchrashuvda san’atkorning ijodiy faoliyati, teatr san’ati va milliy madaniyatimizning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, teatr ijodkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Print Friendly, PDF & Email