📚 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali xodimlari uchun “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.

Ma’naviyat soatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasidagi nutqi mazmun-mohiyati va uning ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.

🎙 Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Ramziddin Tursunov ishtirok etib, mavzu yuzasidan xodimlarga muhim ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan targ‘ibot materiallari va selektor yig‘ilishida berilgan ma’lumotlar xodimlar e’tiboriga yetkazildi.

Print Friendly, PDF & Email