📍“Muborak IEM” filialida korxona ishchi-xodimlarining joriy yilda birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan farzandlariga alohida e’tibor ko‘rsatilib, ularning maktab hayotidagi ilk qadamlari quvonchli va unutilmas lahzalarga boy bo‘lishiga xizmat qiladigan ezgu tashabbus amalga oshirildi.

Yosh o‘quvchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning ta’lim yo‘lidagi dastlabki qadamlari muvaffaqiyatli bo‘lishi, kelgusida esa bilimli, intiluvchan va Vatanga munosib farzandlar bo‘lib voyaga yetishlari tilandi.

Birinchi sinf o‘quvchilariga o‘quv jarayonida zarur bo‘ladigan maktab anjomlari jamlanmalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu e’tibor bolajonlar qalbida quvonch uyg‘otib, ota-onalarga ham ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

“Muborak IEM” filialida korxona ishchi-xodimlarining joriy yilda birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan farzandlariga alohida e’tibor ko‘rsatilib, ularning maktab hayotidagi ilk qadamlari quvonchli va unutilmas lahzalarga boy bo‘lishiga xizmat qiladigan ezgu tashabbus amalga oshirildi.

Yosh o‘quvchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning ta’lim yo‘lidagi dastlabki qadamlari muvaffaqiyatli bo‘lishi, kelgusida esa bilimli, intiluvchan va Vatanga munosib farzandlar bo‘lib voyaga yetishlari tilandi.

Birinchi sinf o‘quvchilariga o‘quv jarayonida zarur bo‘ladigan maktab anjomlari jamlanmalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu e’tibor bolajonlar qalbida quvonch uyg‘otib, ota-onalarga ham ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Print Friendly, PDF & Email